Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » VIRUSLI GEPATIT B — YASHIRIN XAVF, AMMO OLDINI OLISH MUMKIN!

VIRUSLI GEPATIT B — YASHIRIN XAVF, AMMO OLDINI OLISH MUMKIN!

15-01-2026, 10:13
8
Bugun dunyoda eng keng tarqalgan virusli infeksiyalardan biri — Virusli gepatit B hisoblanadi. U jigar hujayralarini shikastlab, surunkali kasallik va hatto jigar sirrozi yoki rakigacha olib kelishi mumkin.
❓Nega u xavfli?

Gepatit B ko‘p hollarda uzoq vaqt hech qanday alomatsiz kechadi. Inson o‘zida kasallik borligini bilmay yurishi va boshqalarga yuqtirishi mumkin.

🧬 Kasallik qanday yuqadi?

🩸Qon orqali;
🪢Himoyalanmagan jinsiy aloqada;
💉Tibbiy manipulyatsiyalar gigiena qoidalariga rioya qilinmasa;
💅Manikyur/pedikyur, pirsing, tatuirovka paytida sterillik bo‘lmasa;
🤰Onadan bolaga.

🩺 Belgilari (hammasi ham har doim kuzatilmaydi):

🔹Tez charchash;
🔹Ishtahaning pasayishi;
🔹Ko‘ngil aynashi;
🔹Qorinning o‘ng qismida og‘riq;
🔹Teri va ko‘zlarning sarg‘ayishi.

🛡 Eng ishonchli himoya — VAKSINA!

💉Gepatit B ga qarshi vaksina ishonchli va samarali himoya beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlab kattalargacha — hammaga tavsiya etiladi. Agar siz yoki yaqinlaringiz vaksinatsiya holati haqida bilmasangiz, poliklinikada bepul tekshirtirish mumkin.

🧼 Shuningdek, oldini olishning muhim choralar:

✅Bir martalik yoki sterill asboblardan foydalanish;
✅Shaxsiy gigiyena buyumlarini (tish cho‘tkasi, ustara, qaychi) umumiy ishlatmaslik;
✅Xavfsiz jinsiy aloqaga rioya qilish;
✅Tibbiy xizmatlardan faqat ishonchli maskanlarda foydalanish.

💬 Sog‘ligingiz — eng katta boylik! Profilaktik tekshiruvdan o‘ting, o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.