Ishchi xodimlarining odob-axloq qoidalari to'g'risida.
Urganch tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limi boshlig'i I.B.Ataniyazov yig'ilishni ochib berdi va kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqib, ishchi xodimlarining odob-axloq qoidalari rioya qilishi yuzasidan gapirib, Davlat xizmatchilari o'z kasbiy faoliyatini qonuniylik, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoiylik, ijro intizomiga qat'iy rioya etish, halollik va xolislik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo'lish, xizmat sirini qat'iy saqlash kabi prinsiplar asosida amalga oshirishi lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo'lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo'lgan xatti-harakatlarining oldini onshda Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Parazitologiya bo'limi va laboratoriyasi mudirasi G.Aytekova, Bakteriologiya laboratoriyasi mudiri J.Pirnazarovlar xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari, xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatga oid odob axloq qoidalari, xizmat faoliyatidagi tashqi ko'rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari, manfaatlar to'qnashuvi, davlat xizmatchilarini manfaatlarini ximoya qilish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik, yakuniy qoidalarni mazmun mohiyatini, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish tog'risida tushintirildi.