
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 6-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamda Xorazm viloyati hokimi - fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 3-avgustdagi buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshqa tegishli xizmatlarni jalb qilgan holda “Kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlaridan kelib chiqishi va tarqalishining oldini olishda FVDT mutasaddi xizmatlarini hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqlarida Urganch tuman SEO va JSB xodimlari ham ishtirok etib o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada orttirdilar.